Tekşiruvlar davomida Trampning tanasida viruslarning faol harakati aniqlanmagan. Prezidentning davolovçi şifokori tuzgan bayonotda u qaçon topşirgan test manfiy natija bergani aytilmagan. Şanba kuni Oq uydagi balkondan turib öz tarafdorlari oldida çiqiş qilgan Tramp özini juda yaxşi his qilayotgani va vaksina tez orada tayyor bölişini aytgandi.

Şifokorlarning sözlariga köra, Tramp yana omma oldida paydo bölişi mumkin, çunki u endi atrofdagilarga xavf tuğdirmaydi. Ayni damda Tramp uçun salomat bölişi juda muhim, çunki prezidentlik saylovlariga uç haftadan köproq vaqt qoldi va oldinda Jo Bayden bilan ötkaziladigan debatlar bor.

Trampning Oq uy balkonidan turib çiqiş qilişi tanqidlarga sabab böldi, çunki bu nomzodning emas, prezidentning çiqişi hisoblanadi. Saylov oldidan prezident sifatida siyosiy çiqiş qiliş esa yaxşi kutib olinmadi. Trampning bu çiqişi Blexit fondi tomonidan taşkil qilingani aytildi. Bu fond afroamerikaliklar va AQŞning kelib çiqişiga köra lotin amerikalik bölgan fuqarolarini respublikaçilar partiyasini qöllaşga undayotgani ma'lum. Ya'ni Tramp çindan Oq uydan turib saylov kampaniyasi olib borgan.

Poyga davom etadi
Tramp duşanba kuni Florida ştatida tarafdorlari oldida çiqiş qilişga va'da bergan. Ijtimoiy sörovlar bu hududda ovoz beriş natijalari qanday bölişini taxmin qilib bölmasligini körsatadi. Floridadagi saylovlarda ğolib bölmasdan esa prezident böliş deyarli imkonsiz.

Blexit fondi afroamerikaliklar va lotin amerikaliklarni respublikaçilar partiyasini qöllaşga undab keladi / Reuters

Ijtimoiy sörovlar Jo Bayden kiçik farq bilan oldinda ekanini körsatmoqda. Ba'zi sörovlarga köra, amerikaliklarning atigi 35 foizi Tramp ma'muriyatining pandemiya davridagi harakatlarini qöllab-quvvatlaydi. Biroq AQŞ prezidentlik saylovlarida qança miqdorda ovoz töplaş emas, asosiy ştatlarda köproq delegatlarning ovoziga ega çiqiş muhimligini unutmaslik kerak. Masalan, 2016 yilda Hillari Klintonga son jihatdan köproq amerikaliklar ovoz bergan bölsa-da, aynan ştatlardagi natijalar sabab Tramp ğolib bölgandi.

Trampning salomatligi haqida nima ma'lum?

Trampning özi Fox News'ga intervyu berib, özini juda yaxşi his qilayotganini aytdi. Uning şifokori Şon Konli ham prezident ommaviy tadbirlarda qatnaşişi mumkinligini tasdiqladi. Tramp 2 oktabr kuni koronavirusdan zararlangani ma'lum bölgaç, uç kun davomida Uolter Rid nomli harbiy kasalxonada davolandi. Uni «Deksametazon», «Remdesivir» va antitanaçalar yordamida tayyorlangan maxsus «Regeneron» kokteyli bilan davolaşdi.

AQŞdagi karantin tartiblariga köra, koronavirus yuqtirgan odamlar 10 kun davomida özini yakkalaşi kerak. Kasalxonaga yotişga majbur bölgan darajada ahvolga kelgan bemorlar 20 kun davomida özini yakkalaşga majbur hisoblanadi.

Tramp koronavirusga çalinişidan oldin niqob taqmasligi, ijtimoiy masofa saqlamasligi tufayli köp bor tanqidga uçragan. AQŞning boş infeksionisti Entoni Fauçi ham bu borada Tramp ma'muriyatini tanqid qilib keladi. Çunki Tramp 26 sentabr kuni Oq uy oldida öz tarafdorlari bilan uçraşuv ötkazgan va öşanda deyarli heç kim niqob taqmagan. Keyinroq uşbu uçraşuvda qatnaşganlardan 11 nafarida koronavirus aniqlangandi.