Xorazm viloyatida bölib turgan Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev Urganç şahridagi markaziy dehqon bozorida bölib, bu yerdagi ayançli sanitariya holatiga guvoh böldi, deb xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

«Bozorda koronavirus infeksiyasi munosabati bilan joriy etilgan karantin qoidalariga rioya etilmayapti. Hatto, bozorda sotuvçilar ham, xaridorlar ham oddiygina ijtimoiy masofa saqlaş qoidasini pisand qilmaydi. Turğun savdo rastalarida sotuvçi va xaridor örtasida polietilen himoya tösiği ham örnatilmagan. Umuman olganda, bozor ma'muriyati karantin qoidalariga rioya qiliş çoralarini körmagan.

Şuningdek, göşt va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan savdo rastalari, bu mahsulotlarni saqlaş kameralari sanitariya-epidemiologiya talablariga mutlaqo javob bermaydi.

Bozorda sotuvçi va xaridorlarga gigiyenaning hatto birlamçi qoidalariga rioya etiş uçun zarur şaroitlar yaratilmagan. Bu boradagi hozirgi ahvol mazkur masala yillar davomida bozor ma'muriyatining e'tiboridan çetda qolib kelganini anglatadi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, boş prokuror şu yerning özida Urganç şahar hokimi va boşqa mutasaddi idoralar rahbarlariga bir hafta muddatda bozordagi vaziyatni amaldagi qonun va qoidalarga moslaştiriş böyiça qat'iy talab qöygan.

«Narx-navoning barqarorligini ta'minlaş, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining narxi asossiz oşişiga yöl qöymaslik borasidagi vazifalar va ularni röyobga çiqarişga mas'ul bölganlarning javobgarligi yana bir bor eslatib ötildi», – deyiladi Boş prokuratura axborotida.