Jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudida sudlanuvçiga ğalati hukm çiqarildi. Bu kabi holat oldin kuzatilmagan: qilmişi uçun sudlanayotgan şaxs “delo”ga aloqasi bölmagan ikkinçi bir jinoyatda ayblangan. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Öğirlik qilganmi yoki daraxt kesgan?

2025 yilning 29 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Urganç tuman sudida fuqaro Valijon Bekçonovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqilib, hukm öqilgan. Sud hukmida keltirilişiça, muqaddam sudlanmagan, 1989 yilda tuğilgan Bekçonov Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan ayblangan.

Jinoyat kodeksining bu moddasi ekinzorlarni, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni şikastlantiriş yoxud nobud qiliş jinoyatini nazarda tutadi. Bunday jinoyatni sodir qilganlik uçun BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi mumkin.

Hukmning ğalatiligi şundaki, uning tafsilot qismida Valijon Bekçonov qöşnisining telefonini öğirlagani haqida gap boradi.

Jinoyat işi tafsiloti Bekçonov “özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida 2022 yil 2 sentabr kuni soat 11:45 larda qöşnisi Jumaniyazova Ozodaning yaşaş uyiga derazasi orqali ğayriqonuniy ravişda kirib, oşxonadagi stolning ustida turgan, bozorda sotiliş bahosi 1,2 mln söm bölgan telefonni öğirlagani” bilan boşlangan.

“Aybimga iqrorman”

Sud hujjatidagi bu çalkaşlikni “texnik xatolik” deyiş mumkin edi, agar Valijon Bekçonov öğirlik jinoyatini sodir qilganiga “özi iqror” bölmaganida. Hukmda yozilişiça, sudlanuvçi sud majlisida dastlabki tergov organi tomonidan qöyilgan aybga töliq iqrorlik bildirgan.

Sudning “versiyasi”ga köra, Bekçonov qöşnisining uyidan öğirlab olib çiqqan telefonini özi yaşab kelayotgan mahallada telefon apparati ta’mirlaş bilan şuğullanuvçi Ğ.Qoroyevga olib borgan. U telefon öziniki ekanini bildirib, pul zarur bölgani sababli sotmoqçiligini aytgan.

Ğ.Qoroyev telefonni sotib olmagan. Şu vaqt dökon yonida turgan tanişi D.Şaripov ularning yoniga kelgan hamda Bekçonovdan örtalarida oldindan bölgan 150 ming söm qarzini söragan. Bekçonov unga puli yöqligini aytgan. Şunda tanişi uning qölidagi öğirlangan telefonni olib qöygan hamda qarzini berganda qaytarişini bildirgan.