Vladimir Zelenskiy Turkiya poytaxtida prezident Rajab Toyyib Erdöğan bilan uçraşib, mudofaa va savdo sohasidagi hamkorlikdan tortib ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalar, şu jumladan, Qoraboğ inqirozini ham muhokama qiladi.
Ukrainaning «Antonov» va Turkiyaning aviatsiya firmalari AN-178 samolyotlarini birgalikda işlab çiqarişi ham kun tartibidan joy oladi.
Erdöğan Zelenskiy bilan joriy yilning fevral oyida Kiyevda uçraşgan edi. Taşrif davomida imzolangan kelişuvga binoan, Turkiya Ukrainaga harbiy ehtiyojlarini qondirişda yordam beriş uçun 205 million lira (25,8 million dollar) berişni va'da qilgan.
Ikki mamlakat özaro tovar ayirboşlaş hajmini 10 milliarddan 20 milliard dollargaça yetkazişga kelişib oldi. Bu esa 2019 yilda qayd etilgan özaro tovar ayirboşlaşga nisbatan ança yuqori körsatkiç hisoblanadi.
Şuningdek, rahbarlar 2012 yildan buyon davom etib kelayotgan erkin savdo şartnomasi böyiça muzokaralarni bu yil yakuniga yetkazişni talab qilişdi. Ötgan yili Ukraina Turkiyadan oltita «Bayraktar TB2» rusumli uçuvçisiz uçiş apparatlari (SIHA) va uçta yer usti boşqaruv stansiyalari tizimini sotib olgan edi. Şuningdek, ötgan avgust oyida Ukraina boş vaziri örinbosari boşçiligidagi delegatsiya ham Turkiyaga taşrif buyurgandi.











