Xitoy Şvetsiyaga Huawei kompaniyasiga nisbatan çeklovlar qöygani uçun öç oliş bilan tahdid qildi. Bu haqda XXR taşqi işlar vazirligiga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.

 Vazirlikning bildirişiça, Stokholm Şvetsiya hududida 5G tarmoqlarini yaratiş uçun Huawei qurilmalaridan foydalanişga qöyilgan taqiqni bekor qilişi lozim. Aks holda Şvetsiyaning Xitoy bozoridagi kompaniyalari ahvoli yomonlaşadi.

20 oktabr kuni Şvetsiya hukumati mamlakat hududida 5G tarmoqlarini yaratişda Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanişni taqiqladi. Hukumatning bildirişiça, Şvetsiya Xitoyni mamlakat uçun eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydi.

Avvalroq Buyuk Britaniya ana şunday qaror qabul qilgandi.

Dastlab Huawei kompaniyasiga nisbatan AQŞ çeklovlar kiritgandi. Vaşington Xitoy kompaniyasini maxsus xizmatlarga aloqador deb hisoblamoqda. Xitoy esa mazkur qaror siyosiy tusga ega ekanligini ta'kidlamoqda.