Fransiyada Prezident Emmanuel Makronning şu oyning boşida Islomni nişonga olgan bayonotlaridan söng musulmon muassasalari va masjidlar yopila boşlangan.

Bosim kuçayganidan söng, ba'zi arab mamlakatlarida fransuz mahsulotlarini boykot qilişga çaqiriqlar paydo bölgan. Manbaning xabariga köra, musulmonlarga qarşi «keskinlik» ga javoban Fransiyadan kelgan mahsulotlarni sotib olmaslik va sotmaslikka da'vat qilinmoqda.

Kuvaytdagi ba'zi oziq-ovqat dökonlari yuqoridagi da'vatlardan söng öz javonlaridagi fransuz tovarlarini olib taşlaşdi.