Genuyada ötgan uçraşuvda Eldor Şomurodov öyinni asosiy tarkibda boşlamadi. Birinçi bölim tengkuraşlar ostida ötgan bölsa, ikkinçi bölimning 64-daqiqasida milanliklar goleadori Romelu Lukaku hisobni oçdi – 0:1.

Lukakuning golidan bir daqiqa ötib, «Jyenoa» boş murabbiyi 65-daqiqada Pyatsa örniga Eldor Şomurodovni maydonga tuşirdi. 

Şunga qaramay, maydonda ustunlik qilgan Antonio Konte jamoasi 79-daqiqada D`Ambrozioning goli evaziga farqni ikkitaga oşirdi – 0:2.

Uşbu ğalabadan keyin «Inter» 10 oçko bilan 3-öringa çiqib olgan bölsa, Şomurodov töp surayotgan «Jyenoa» 4 oçko bilan 15-öringa tuşdi.

A Seriya. 5-tur
Jyenoa – Inter 0:2
Gollar: 0:1 – 64 Lukaku, 0:2 – 79 D`Ambrozio.
Jyenoa – Perin, Gilone, Goldaniga, Sapata, Çiborra (Pellegrini, 46), Badel (Zayts, 61), Bexrami (Radovanoviç, 61), Pyatsa (Eldor Şomurodov, 65), Rovella, Bani, Pandev.
Inter – Handanoviç, D`Ambrozio, Ranokkiya, Bastoni, Darmian, Vidal, Perişiç (Hakimi, 58), Brozoviç, Eriksen (Barella, 58), Martines (Pinamonti, 72), Lukaku.
Ogohlantiriş: Martines (40).