Tez-tez kolbasa iste'mol qiliş soğliqqa jiddiy zarar yetkazişi mumkin, dedi vraç-gastroenterolog Inna Mazko.

 Uning sözlariga köra, oşqozon-içak kasalliklaridan aziyat çekadiganlar bu mahsulotni umuman iste'mol qilmasliklari kerak.

 "Kolbasa tarkibida göşt köpi bilan 40 foizgaça böladi. Buning ustiga, uşbu göştning sifati past, submahsulotlar böladi. Qolganlari esa soya, kraxmal, jyelatin, oziq-ovqat qöşimçalari, böyoqlardir" – dedi u.

Mutaxassisning qayd etişiça, kolbasaga puşti rang beriş uçun saraton keltirib çiqarişi mumkin bölgan nitritlardan foydalaniladi. Bundan taşqari, mahsulotga kalsiy özlaştirilişiga zarar yetkazadigan hamda osteoporoz va raxit kasalliklarini keltirib çiqaradigan fosfatlar qöşiladi.

 Şifokor kolbasa sotib olayotganda mahsulot tarkibiga jiddiy e'tibor beriş, imkoni bölsa uni uyda tayyorlaş kerakligini aytdi.