Saraton xavfi bor
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotiga köra, qayta işlangan göşt mahsulotlari va qizil göşt iste’moli saraton xavfini oşiradi.
JSST bu ma’lumotni Saratonni tadqiq qiliş xalqaro agentligi ötkazgan tadqiqot asosida 2015 yildayoq e’lon qilgan. Tadqiqotda 10 ta davlatdan 22 ekspert örganiş olib borgan. Örganiş natijasiga köra, qizil göşt va qayta işlangan göşt mahsulotlari saratonga moyillikni oşiradi, deb topilgan.
Qizil göşt, asosan, yöğon içak saratoniga sabab böladi, bundan taşqari, oşqozon osti bezi va prostata saratoniga ham sabab bölişi mumkin. Lekin «aynan şunday» deyiş uçun tadqiqot tölaligiça dalil töplay olmagan. Şuning uçun qizil göşt saratonga sabab bölişi ehtimoli bor, degan xulosaga keladi.
Qayta işlangan göşt mahsulotlarining esa yöğon içak saratoniga sabab böliş xavfi yuqori va tadqiqot buni isbotlaş uçun yetarliça dalil töplay olgan.
Qizil göşt — barça sut emizuvçilar: mol, qöy, eçki, ot kabi hayvon göştlari.

Qayta işlangan göşt mahsulotlari esa ta’mni yaxşilaş uçun tuzlaş, turli fermentlar qöşiş va boşqa usullar bilan işlov berilgan göştdir. Bular — kolbasa, sosiska, dudlangan, konservalangan göştlar, tarkibi göştdan iborat ta’m beruvçi ziravorlar va souslar.

Xavf qançalik?
Ekspertlar xulosasiga köra, qayta işlangan göştni kuniga 50 g porsiyada iste’mol qiliş yöğon içak saratoni xavfini 18 foizga oşiradi. Garçi qayta işlangan göşt sabab saraton kelib çiqiş xavfi har bir inson uçun individual olganda juda yuqori bölmasa ham, lekin uning iste’moli oşişi bilan xavf ham oşadi. Qolaversa, bunday mahsulotlarni ommaviy tarzda köp iste’mol qiliş global salomatlik indeksiga ham salbiy ta’sir qiladi.



















