Joriy yilning 24 oktabr kuni Xitoy va Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport va logistika hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlaş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi.
Xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan amalga oşirilişi rejalaştirilgan qöşma loyihalarni qayta körib çiqiş, ularni amalga oşiriş tahlil qilindi. Hozirgi vaqtda amalga oşiriş jadvalidan ortda qolayotgan bir qator loyihalar batafsil körib çiqildi, muammolarni bartaraf etişning aniq muddatlari hamda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga şaxsiy javobgarlik belgilangan holda mavjud masalalarni hal qiliş algoritmlari işlab çiqildi.
Davlat rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oşirişda yaqin idoralararo kooperatsiyani taşkil etiş zarurligi ta'kidlandi. Şu munosabat bilan tegişli vazirlik va idoralarning tarkibiy bölinmalari rahbarlaridan iborat maxsus işçi guruhini tuziş töğrisida topşiriq berildi. Mazkur işçi guruhning vazifasi xitoylik va koreyalik hamkorlar bilan loyiha va taşabbuslarni implementatsiya qilişni jadallaştiriş böyiça amaliy işlarni olib boriş böladi.
2025 yilga borib Xitoydan olib kirilayotgan yillik investitsiyalar hajmini 5 mlrd dollarga, Koreya Respublikasidan esa 1 mlrd dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Şu bilan birga, 2025 yilga borib Xitoyga amalga oşiriladigan yillik eksport hajmi kamida 3 mlrd dollarni, Koreya Respublikasiga esa kamida 800 mln dollarni taşkil etişi kerak.
Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga barça qöşma loyihalarni örganiş, ularni jadal, sifatli va öz vaqtida amalga oşirişga qaratilgan yangilangan “Yöl xaritalari”ni tayyorlaş, şuningdek, kelgusi yil uçun yangi istiqbolli dasturlar işlab çiqiş böyiça qöşimça manzilli topşiriqlar berildi.












