Yaqinda Özbekiston Respublikasining Isroildagi elçixonasi Isroilning «Aşra» agentligi hamda yurtimizdagi yetakçi moliya kompaniyalari bilan hamkorlikda Özbekiston savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini yanada oşiriş maqsadida onlayn-taqdimot ötkazdi.

Unda Isroil tomonidan qişloq va suv xöjaligi, tibbiyot, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar, «yaşil» texnologiyalar (tabiatni muhofaza qiliş), bank-moliya kompaniyalari iştirok etişdi.

Muloqot davomida Isroil Özbekistonning bugungi kundagi iqtisodiy ahvoli (koronavirus pandemiyasi oqibatlarini hisobga olgan holda), jumladan sanoat, qişloq xöjaligi va bank tizimini rivojlantirişning ustuvor yönalişlariga doir fikr almaşdilar.

Agrobank vakillari Isroil banklari va yetakçi moliya kompaniyalari bilan işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş böyiça özlarini qiziqtirgan axborotlar böyiça batafsil javob oliş bilan bir qatorda hamkorlik yuzasidan öz takliflarini bildirdi.

Şuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantiriş böyiça uzoq muddatli kredit liniyalarni jalb etiş böyiça ham kelişib olindi.

Qizğin bahs-munozaralar asosida keçgan onlayn-taqdimotda tegişli vazirlik, idoralar vakillari va Agrobank rahbariyati faol iştirok etdi.

«Agrobank» ATB Matbuot xizmati