Musobaqaga qiziqiş nihoyatda yuqori böldi: arizalar qabul qiliş muddati yakunga qadar 2 500 dan ortiq arizalar tuşdi va ular asosida 1 300 dan ziyod jamoa şakllandi. Ular orasidan eng yaxşi natija körsatgan 50 ta jamoa turli saralaş bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötib, finalda iştirok etiş huquqini hamda özlarining sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan loyihalarini taqdim etiş imkonini qölga kiritdi.

Final bosqiçida 200 ga yaqin iştirokçi sun’iy intellekt, agrotexnologiyalar, fintex va bank xizmatlari uçun AI yeçimlarini işlab çiqiş böyiça özaro bellaşdi. Har bir jamoaga hakamlar hay’ati tomonidan oldindan belgilangan real biznes muammolariga asoslangan vazifalar topşirildi hamda iştirokçilarning qarorlari amaliy ahamiyat va texnik ijro nuqtai nazaridan baholandi.

Mazkur hakatonning umumiy sovrin jamğarmasi 500 million sömni taşkil etdi.

Şu bilan birga, musobaqada bir neçta qöşimça nominatsiyalar böyiça ham eng yaxşi loyihalar alohida e’tirof etildi.

AI500! Hakaton yakunlari innovatsion fikrlaş, jamoaviy işlaş va sun’iy intellektni real sektor vazifalariga qöllaş böyiça muhim tajriba bölib xizmat qildi.

“Agrobank” ATB kelgusida ham AI va raqamli texnologiyalarni rivojlantiriş, yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş va ular uçun keng imkoniyatlar yaratişni davom ettiradi.

 Reklama huquqi asosida