Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 martdagi PQ-99-son qarori ijrosini ta’minlaş hamda bank xizmatlarini zamonaviy bosqiçga olib çiqişga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbir davomida bank faoliyatini transformatsiya qiliş, mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, tezkor va şaffof xizmatlarni kengaytiriş, şuningdek, ilğor xorijiy tajribalar asosida yangi raqamli mahsulotlarni joriy etiş böyiça ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, Agrobank endilikda an’anaviy moliyaviy institutdan kompleks xizmatlar körsatuvçi zamonaviy servis ekotizimiga aylaniş yölida izçil işlarni amalga oşirmoqda. Bu jarayonda raqamli texnologiyalar, jumladan, sun’iy intellekt asosidagi yeçimlar muhim örin tutmoqda.

Şuningdek, bank tomonidan mijozlar uçun qulaylik yaratiş maqsadida turli xizmatlarni yagona platformada jamlaş, raqamli servislar kölamini kengaytiriş hamda innovatsion yeçimlarni amaliyotga joriy etiş işlari jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan atrofliça javoblar berildi.

Reklama huquqi asosida