Oktabr oyining örtalarida tomonlar 1 noyabrdan Duşanbe va Toşkent örtasida parvozlarni tiklaş imkoniyatini muhokama qilgandi, keyin uşbu muddat 1 dekabrga qoldirildi. Biroq, hozirda yangi muddat körib çiqilmoqda - 2021 yil 1 yanvar, deya xabar bermoqda «Aziya-Plyus» hukumatdagi manbasiga tayangan holda.

Ikki davlatda ham koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan qiyin epidemiologik vaziyat rasmiylarga uşbu masala böyiça tezkor va yakuniy qaror qabul qiliş imkonini bermayapti, degan manba.

Şu bilan birga, Tojikiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi Toşkentga parvozlarni tiklaş uçun ruxsat oldi, ammo birinçi parvozning aniq sanasi va parvozlar jadvali noma'lum.

«Özbekistonlik hamkasblarning tegişli qarori ham bor, ammo aviaqatnov boşlanişining aniq sanasi hali noma'lum. Parvozlar boşlanişidan oldin barça jihatlarni aniqlab oliş kerak: qaysi aviakompaniyalar parvoz qiladi, qanday jadvalda, pandemiya bilan boğliq masalalar», - deya ta'kidlab ötgan agentlik vakillari. 

Şuningdek, yaqin kunlarda Tojikiston va Özbekiston aviatsiya ma'muriyatlarining tegişli masalalarni muhokama qiliş uçun onlayn yiğilişi taşkil etilişi, unda birinçi parvoz sanasi va Duşanbe-Toşkent-Duşanbe yönalişi böyiça parvozlar jadvali tasdiqlanişi haqida xabar berildi.