Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni bilan, Davlat soliq qömitasi tomonidan 2020 yilda Toşkent şahrida sinov tariqasida joriy etilgan yutuqli çek öyinlarining muvaffaqiyati sabab uşbu aksiya kölami yanada kengayadi.

Ta'kidlanişiça, iste'molçilar yutuqli çek öyinlarining navbatdagi – V tirajida iştirok etiş uçun respublikaning istalgan hududida onlayn nazorat kassa maşinasi yoki virtual kassa çekini olib röyxatdan ötkazişi mumkin.

«Asosiy şart – har bir iste'molçi bitta savdo şoxobçasidan bir kunda faqat ikkita, xarid miqdori 1000 (ming) sömdan kam bölmagan çekni röyxatdan ötkazişi mumkin. Eslatib ötamiz, yutuqli çek öyinlarida iştirok etiş uçun xarid qilingan mahsulot (xizmat) uçun onlayn NKM yoki virtual kassaning QR kodli çekini oliş lozim», — deyiladi DSQ xabarida.

Ma'lum qilinişiça, respublikada qariyb 64 ming savdo şoxobçasida şunday qurilmalar örnatilgan.

«Keyingi qadam – çekning QR kodini SOLIQ mobil ilovasida skanerlaş yoki 12 xonali fiskal belgisini 1077 raqamiga SMS tarzda yuboriş lozim. Röyxatdan ötkaziş muvaffaqiyatli yakunlangandan söng, Siz yutuqli öyin iştirokçisiga aylanasiz», — deya qöşimça qilinadi qömita xabarida.

Ma'lumot uçun, Toşkent şahrida ötkazilgan yutuqli çek öyinlarining har bir tirajida iştirokçilar soni ortib borib, hozirgaça ötkazilgan 4ta tirajda onlayn NKM va virtual kassalardan berilgan qariyb 110 ming dona çek iştirok etdi.