Hozirda transmilliy korporatsiyalarning ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlarga qança soliq tölayotganini oşkor qiliş tartibi qonunda belgilanmagan. BMT tomonidan tuzilgan yangi global soliq tizimi esa yirik korporatsiyalar uçun global miqyosda minimal soliq stavkasini belgilab beradi.

Facebook, Google va Microsoft kabi gigantlar tölaydigan soliq asosan rivojlanayotgan mamlakatlar aholisiga yordam uçun yönaltiriladi. BMT bu uç yirik kompaniya kambağal davlatlarga 2,8 milliard dollar miqdorida soliq tölaşi kerakligini aytmoqda. Tölanmay qolgan 2,8 milliard dollar har yili Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikaning 20 ta mamlakatidagi 729 010 nafar hamşira, 770 649 nafar doya yoki 879 899 boşlanğiç maktab öqituvçisining iş haqini tölaşga yetadi.

Facebook, Google va Microsoft Indoneziya, Braziliya, Nigeriya va Bangladeşga deyarli soliq tölamagan. Vaholanki, bu tört mamlakatda umumiy 857 milliondan ortiq odam yaşaydi.

«U yerlarda odamlar hamon eskirgan tizimlar uçun pul tölamoqda, bu esa Facebook, Google va Microsoft singari gigantlarga pandemiya paytida katta daromad qilişga imkon berdi. Çunki ular janubdagi xizmatlarini deyarli yangilaşmagan», deydi BMT vakili.

Fevral oyida Facebook boşliği Mark Tsukerberg çindan yirik kompaniyalar kam soliq tölayotganini tan olgandi.

Ma'lumot uçun, Facebook 2019 yil davomida 70 milliard dollar foyda körgan. Kompaniyaning bozor narxi 2020 yil avvalida 633 milliarddan qimmatroqqa baholangan. Google ham dunyodagi kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oşgan 5 kompaniyadan biri hisoblanadi. Microsoft bozor narxi esa 1,3 trilliondan qimmatroqqa baholangan va bu borada dunyoda uçinçi örinda turadi. Apple AQŞ kompaniyalari orasida bozor narxi 2 trillion dollardan oşgan ilk korxonaga aylangan bölsa, dunyoning eng qimmat kompaniyasi hamon Saudi Aramco bölib turibdi. Bu neft korxonasining bozor narxi 7,7 trillion dollargaça kötarilgan.