Dunyoda ötgan hafta içida koronavirusga çalinganlar soni 3,3 mlnga köpaydi. Bu esa pandemiya boşidan beri rekord körsatkiç hisoblanadi. Ölimlar umumiy soni 45 mingdan köproqqa ortgan. Ötgan hafta undan bir hafta oldingiga nisbatan 9 mingta köproq ölim qayd etilgan. 

JSSTda xabar qilinişiça, kasallaniş sur'atlarining oşişi Yevropada ayniqsa sezilarli bölgan. Bu yerda bir hafta oldingiga nisbatan kasallaniş holatlari 22 foizga ösgan va 1,7 mlndan köproqni taşkil qilgan. 

Avvalgi haftalik kasallaniş holatlari böyiça antirekord 19 oktyabrdan 25 oktyabrgaça davrda qayd etilgandi va 2,8 mlndan köproqni taşkil qilgandi.

Şimoliy Amerikada 26 oktyabrdan 1 noyabrgaça davrda 999 mingdan köproq kasallaniş holati, 17 mingdan köproq ölim qayd etilgan. Bu mintaqada kasallanganlar soni umumiy hisobda 20 mlndan, ölimlar soni 639 mingdan oşdi.

Yevropada ötgan hafta içida 1,7 mlndan köproq kasallaniş holati qayd etilgan va umumiy kasallanganlar soni 11 mlndan oşgan. Ölim holatlari 17 mingtaga köpayib, jami 285 mingdan oşgan. 

Janubi-Şarqiy Osiyoda bir hafta içida 381 mingdan köproq kişi virusga çalingan va ularning umumiy soni 9 mlndan oşdi. Vafot etganlar soni bir hafta içida 4,6 mingga köpayib, jami 144 mingdan oşgan.

AQŞda ötgan hafta kasallanganlar soni 549 mingga, Hindistonda 319 mingga, Braziliyada esa 162 mingga köpaygan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyoda virusga çalinganlar soni 47,8 mlndan oşib ketdi, ölimlar soni 1,22 mlntani taşkil qilmoqda.