Litva prezidenti Gitanas Nauseda YeI yetakçilariga Belarus AESida işlab çiqarilgan elektr energiyasini Yevropa bozoriga kiritmaslik çaqiriği bilan murojaat qildi. Bu haqda Litva prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Vilnyusning fikriça, Belarus Litva bilan çegarada, Vilnyusdan 50 km uzoqlikda qurgan atom elektr stansiyasi xavfli hisoblanadi.
Nauseda Yevropa hamjamiyatini Belarus elektr energiyasini sotib olişni töxtatgan Litvadan örnak olişga çaqirdi.
Litvaning ta'kidlaşiça, BelAES loyihasi yadro energetikasi sohasidagi xalqaro talablar buzilgan holda amalga oşirilgan. Litva parlamenti mazkur AESni milliy xavfsizlikka tahdid deb e'lon qildi hamda u yerda işlab çiqarilgan elektr energiyasini sotib oliş hamda elektr tarmoqlari orqali ötkazişni taqiqladi.
Belarus esa Vilnyusning e'tirozlari siyosiy tusda ekanligini aytmoqda.












