Puerto-Riko Karib dengizidagi hudud bölib, u 1898 yilda AQŞ hududi deb tan olingan. Orol AQŞ tomonidan boşqarilsa-da, biroq uning ajralmas qismi hisoblanmaydi. Orol AQŞning boşqa ştatlari kabi öz mahalliy konstitutsiyasiga, qonunçilik, ijroçilik va sud hokimiyatiga ega. Uning fuqarolari 1917 yildan beri AQŞ fuqarolari hisoblansa-da, biroq prezident saylovlarida ovoz beriş huquqiga ega emaslar va AQŞ kongressida çeklangan huquqlarga ega bir vakil bilan bildirilganlar. Orolning AQŞ bilan boğliqligi umumiy fuqarolik, valuta va mudofaaga ega ekanidan iborat.
Puerto-Riko hukumati rahbari Vanda Vaskes Garsed orolning AQŞga qöşilişi böyiça yangi referendum ötkazilişi haqidagi qonun loyihasini may oyida imzolagan.
Şu bilan birga, AQŞ orolning maqomi böyiça referendum natijalarini inobatga olişga majbur emas. Orolning AQŞ tarkibiga kirişi masalasini kongress hal qiladi.
Avval ham Puerto-Rikoda orolning maqomi masalasi bir neça marotaba kötarilgan. 2012 yil noyabrda ötkazilgan referendumda 65 foiz aholi AQŞ tarkibiga qöşilişni qöllab-quvvatlagan bölsa-da, AQŞ kongressi bu qarorni ma'qullamagan. Uşbu masala böyiça 2017 yilda ötkazilgan referendumda ham ovoz beruvçilarning 97 foizi orolning AQŞga qöşilişini qöllab-quvvatlagan.













