“Ovozlarni hisoblaşni töxtating!” deb yozgan Tramp tvitterda.

4 noyabrda CNN telekanali manbalarga tayanib, Tramp saylov ştabi Arizona va Nevada ştatlarida saylov byulletenlari qayta işlanişi yuzasidan sudga şikoyat qilişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Bundan avvalroq ştab Jorjiya, Pensilvaniya va Miçigan ştatlarida byulletenlar qayta işlanişi töxtatilişi talabi bilan sudga da'vo arizalari topşirgan. Bundan taşqari, Tramp vakillari Viskonsinda ham ovozlar qayta hisoblanişini talab qilişlarini aytişgan.   

AQŞdagi prezident saylovlari 3 noyabrda bölib ötdi, biroq joriy yilda juda köp amerikaliklar poçta orqali ovoz bergani sababli köplab ştatlarda ovozlarni hisoblaş jarayoni çözilib ketdi va hanuzgaça davom etmoqda. Tramp esa saylov uçastkalari yopilgandan keyin poçta orqali kelgan byulletenlarni hisoblamaslikni talab qilmoqda.  

Ayni vaqtda vaziyat Tramp foydasiga emas va u raqibi Jo Bayden ğalaba qozongan ba'zi ştatlarda sud tartibida ovozlar qayta hisoblanişini talab qilişga tayyorligini aytgan. Hozirgi tendensiya saqlanib qolsa, Bayden saylovçilarning ğalaba uçun yetarli sondagi ovozini töplay oladi. Tramp esa hoynahoy mağlubiyatini tan olmaydi va AQŞ prezidenti saylovlari ğolibi sudda aniqlanadi.

Saylovlargaçayoq respublikaçilar ham, demokratlar ham voqealarning aynan şunday tus olişiga tayyorlanişayotgani va bu maqsadda huquqşunoslar jamoalarini yollaşgani ma'lum qilingandi.

Fox News telekanali prognozlariga köra, ayni vaqtda Trampda 214 nafar, Baydenda esa 264 nafar vakilning ovozi bor. Ğalaba uçun esa vakillarning kamida 270ta ovozini töplaş lozim.