3 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi ötkazildi. Unda amaldagi prezident respublikaçi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden özaro raqobat olib bordi. Odatda saylovning ertasiga ğolib aniq bölardi. Bu safar 4 kundan buyon ğolib kimligi noma'lum. Birinçidan, bu yil rekord miqdorda (160 million) saylovçi qatnaşdi. Ikkinçidan, ovoz beriş poçta orqali amalga oşirildi va ularni hisoblaş köp vaqt oladi. Uçinçidan, keyin yana nimalardir bölyapti...

Saylovda Bayden ğalaba qozonişi tobora haqiqatga yaqin bölib bormoqda, çunki u yaxşigina ustunlikka ega. Şu tariqa Donald Tramp AQŞda bir muddat prezidentlik qilib, ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda mağlubiyatga uçragan «omadsizlar» röyxatidan joy olişi mumkin. Xöş, yana qaysi prezidentlar bunday muvaffaqiyatsizlikka uçragan?
Jon Kuinsi Adams. AQŞning 6-prezidenti (1767 – 1848).
1825-1829 yillarda AQŞni boşqargan.

AQŞning 6-prezidenti Jon Adams 2-prezident Jon Adamsning öğli hisoblanadi. U Harvard universitetida huquqşunoslik yönalişida tahsil olgan. 1888 yil ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda Endryu Jyeksonga yutqazgan Adams umrining oxirigaça siyosat bilan şuğullanişda davom etgan.
Martin Van Byuren. AQŞning 8-prezidenti (1785 – 1862).
1837-1841 yillarda AQŞni boşqargan.

AQŞning 8-prezidenti niderlandiyalik kambağal muhojir oilasida tuğilgan va huquqşunoslik böyiça tahsil olgan. Siyosat bilan şuğullana boşlagaç, avvaliga senator, söng AQŞ davlat kotibi, Buyuk Britaniyada elçi lavozimlarida işlagan. 1840 yilda ötkazilgan saylovlarda ikkinçi muddatga saylana olmagan Byuren 1844 va 1848 yillarda ham prezidentlik uçun kuraşib köradi va saylovlarda yutqazadi. 1848 yilda, sönggi mağlubiyatidan söng nafaqaga çiqadi.
Stiven Grover Klivlend. AQŞning 22-prezidenti (1837 – 1908).
Birinçi muddatida 1885 yil 4 mart – 1889 yil 4 mart oraliğida, ikkinçi muddatida 1893-1897 yillarda AQŞni boşqargan.

Stiven Klivlend garçi ikki muddat AQŞni boşqargan bölsa-da, u 1888 yilda ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda Benjamin Harrisonga mağlub bölgan. Klivlend 1892 yilda ötkazilgan saylovda yana nomzodini qöyadi va ğalaba qozonadi. Şu tariqa u bir muddatni ötkazib yuborib, ikki marta AQŞ prezidenti bölgan yagona rahbar böladi.
Benjamin Harrison. AQŞning 23-prezidenti (1833 – 1901).
1889 yil 4 mart – 1893 yil 4 mart oraliğida AQŞni boşqargan.

Benjamin Harrison AQŞning 9-prezidenti Uilyam Harrisonning nabirasi hisoblanadi. U ham huquqşunoslik böyiça tahsil oladi. U 1889-1893 yillar oraliğida AQŞni boşqarib, 1892 yilda ötkazilgan saylovlarda Stiven Grover Klivlendga yutqazib qöyadi.
Uilyam Hovard Taft. AQŞning 27-prezidenti (1857 – 1930).
1909 yil 4 mart – 1913 yil 4 mart oraliğida AQŞni boşqargan.

Sudya oilasida tuğilib ösgan Taft huquqşunoslik sohasida ta'lim oladi. Bir muddat prezidenlik qilgan Taft 1912 yilda ötkazilgan saylovlarda Vudro Vilsonga yutqazib qöyadi. Öşanda jami tört nomzod orasida Taft uçinçi örinni oladi. Şundan söng uzoq yillar Yyel universitetida huquqşunoslikdan dars beradi.
Herbert Klark Huver AQŞning 31-prezidenti (1874 – 1964).
1929 yil 4 mart – 1933 yil 4 mart oraliğida AQŞni boşqargan.

AQŞning 31-prezidenti temirçi oilasida tuğilgan. U Stenford universitetida geologiya sohasida tahsil oladi. Huver AQŞni mamlakat uçun eng oğir davr bölgan iqtisodiy va moliyaviy inqiroz yuz bergan yillarda boşqaradi. Ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovda Franklin Ruzveltga yutqazgan Huver siyosatda qoladi va uzoq yillar turli vazifalarda işlaydi.
Jyerald Ford. AQŞning 38-prezidenti (1913 – 2006).
1974 yil 9 avgust – 1977 yil 20 yanvar oraliğida AQŞni boşqargan.

Jyerald Ford Yyell universitetida huquqşunoslik böyiça tahsil olgan. Ford siyosat bilan şuğullana boşlagaç, prezident Nikson ma'muriyatida vitse-prezident etib tayinlanadi. Nikson iste'foga çiqqaç, Ford uning örnini egallaydi. 1976 yilda prezidentlik saylovida Jimmi Karterga yutqazib qöyadi.
Jimmi Karter. AQŞning 39-prezidenti (1924 yilda tuğilgan).
1977 yil 20 yanvar – 1981 yil 20 yanvar oraliğida AQŞni boşqargan.

Jimmi Karter Jorjiya Texnologiya institutida, söng harbiy-dengiz akademiyasida tahsil oladi. 1976 yilda prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Karter bir muddat prezidentlik qiladi va 1980 yilda ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda Ronald Reyganga yutqazib qöyadi. Şundan söng, u siyosatda qoladi va AQŞning turli missiyalariga boşçilik qiladi.
Katta Jorj Buş. AQŞning 41-prezidenti (1924 – 2018).
1989 yil 20 yanvar – 1993 yil 20 yanvar oraliğida AQŞni boşqargan.

Katta Jorj Buş Yyell universitetida iqtisod yönalişi böyiça tahsil olgan. Siyosatga kirib kelgunça uzoq yillar harbiy uçuvçi bölgan. Bir muddat prezidentlik qilib, 1992 yilda ikkinçi muddat uçun ötkazilgan saylovlarda Bill Klintonga yutqazadi va 1993 yil 20 yanvarda öz örnini unga böşatib beradi. U öz vaqtida Ronald Reyganga vitse-prezidentlik qilgan. U MRB rahbari ham bölgan va bir muddat prezidentlik qilgani aynan razvedkaçilar orasida katta obröga ega bölişiga xalaqit bermagan.
Körib turganingizdek, Donald Trampning mağlubiyati juda noodatiy narsa emas. Demokratiya asosiga qurilgan mamlakatda amaldagi prezidentning saylovda yutqazişi yangilik emas. Biroq Tramp bunday omadsizlikka uçragan oxirgi 27 yildagi ilk rahbar bölgani butun boşli avlod oldidagi obrösiga salbiy ta'sir körsatadi. Agar Tramp mağlubiyatni mardlarça tan olib postni topşirsa, keyinçalik ham obro‘ bilan eslanişi mumkin, lekin hozirgi harakatlari bilan, ya'ni prezidentlikdan ketmaslikka urinayotgani bilan Tramp faqat va faqat özini obrösizlantiradi...











