Saylovlar böyiça AQŞ Federal komissiyasiga mamlakatda ötkazilgan prezident saylovidagi ovoz beriş jarayonlarida soxtalaştirişlarga yöl qöyilgani töğrisida heç qanday dalil kelib tuşmadi. Bu haqda komissiya a'zosi Ellen Uayntraub ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, saylov taşkil etilişi böyiça juda kam şikoyat kelib tuşgan.

"Saylovlarda soxtalaştirişlar bölgani töğrisida heç qanday isbot yöq. Kelib tuşgan şikoyatlarga soxtalaştirişlar böyiça dalillar ilova qilinmagan", - dedi Uayntraub.  

 Prezident Donald Tramp saylovda soxtalaştirişlar bölganini ta'kidlab kelmoqda.

 Jumladan, Tramp Pensilvaniya ştatida ovoz beriş natijalari noqonuniy ravişda özgartirilgan deb hisoblamoqda.  

 Şuningdek, uning qayd etişiça, kuzatuvçilarning qator ştatlarda saylov uçastkalariga qöyilmaganligi sababli Trampning ovoz oliş borasidagi yetakçiligi yöqqa çiqqan.

 3 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi ötkazildi. Unda amaldagi prezident respublikaçi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden özaro raqobat olib bordi.

 Saylovda Bayden ğalaba qozonişi tobora haqiqatga yaqin bölib bormoqda, çunki u yaxşigina ustunlikka ega.