AQŞ prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya ştatida prezident saylovidagi ovoz beriş natijalari noqonuniy ravişda özgartirilgan deb hisoblamoqda. U bu haqda özining tvitter sahifasida ma'lum qildi.

«Saylov kuni, seşanba keç soat sakkizdan keyin ön minglab ovozlar noqonuniy tarzda olindi, bu Pensilvaniya va boşqa ayrim ştatlarda natijalarni butunlay va osongina özgartirdi», — deb yozdi Tramp.

Şuningdek, Trampning qayd etişiça, kuzatuvçilarning qator ştatlarda saylov uçastkalariga qöyilmaganligi sababli uning ovoz oliş borasidagi yetakçiligi yöqqa çiqqan.

3 noyabr kuni AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi ötkazildi. Unda amaldagi prezident respublikaçi Donald Tramp va sobiq vitse-prezident Jo Bayden özaro raqobat olib bordi.

Saylovda Bayden ğalaba qozonişi tobora haqiqatga yaqin bölib bormoqda, çunki u yaxşigina ustunlikka ega.

Donald Tramp saylov noxolis ötkazilganligini iddao qilib kelmoqda. Tramp jamoasi ayrim ştatlarda ovozlarni qayta hisoblaşni talab qilmoqçi, ayrim ştatlarda esa sudga murojaat qilinişi mumkin.