Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda işlab çiqilayotgan koronavirusga qarşi vaksinaning insonlarda ötkazilgan sinov dastlabki natijalari 90 foiz samaradorligini körsatmoqda. Vaksinaning uçinçi fazadagi sinovi 27 iyul kuni boşlangandi.
Ma'lum qilinişiça, uşbu sinovlarda qatnaşayotganlarning vaksina olganlarida qolganlariga qaraganda 90 foizga yaxşiroq natija kuzatilgan (Köngillilarning yarmi haqiqiy vaksina olmaydi, teng yarmi haqiqiy vaksina oladi. Bu platsebo usuli deyiladi).
Kompaniyadagilarning ta'kidlaşiça, vaksinaning samarali ta'sirini emlaş boşlanganidan 28 kun ötib biliş mumkin — bu vaqtda bemorga ikki doza yuboriladi. Tadqiqotda jami 43 ming 538 nafar köngilli iştirok etmoqda. Ularning heç birida vaksinaning nojöya ta'siri kuzatilmagan.
Pfizer bu natijalarni «fan va insoniyat uçun kun» deb ta'riflagan. Kompaniyadagilar yaqin vaqtlar içida barça statistik ma'lumotlar tahlil qilinişi, şundan keyin natijalar ilmiy jurnallarda naşr etilişi, kompaniya esa vaksinani tarqatiş uçun me'yoriy ruxsatnomani olişni boşlaşi mumkinligini qayd etişgan.
Şuningdek, Pfizer 2020 yil oxiriga qadar bozorga 50 million dozada vaksina yetkazib berilişi, keyingi yil mobaynida bu miqdor — 1,3 milliard dozaga yetkazilişini ma'lum qilgan.
Hozirda — yakunlovçi — uçinçi bosqiç sinovlari dunyoda bir neça vaksinalarda ötkazilmoqda. Rossiyaning «Sputnik V», AQŞdagi AstraZeneca va Moderna kompaniyalari, şuningdek, Xitoyning bir neça vaksinalari şular jumlasidandir.
Avvalroq Microsoft asosçisi Bill Geyts barça sinov bosqiçidan ötgan koronavirusga qarşi vaksina AQŞda kelasi yil boşlarida paydo bölişini aytgan, u bu borada Pfizer birinçi bölişi kutilayotganini ma'lum qilgandi.
«Agar omad kulib boqsa, bizda hozir uçinçi bosqiç sinovida bölgan olti preparatdan ikki yoki uçtasi böladi. Pfizer’da birinçi böliş imkoniyati bor. U vaksinalar işlab çiqariş böyiça juda tajribali kompaniya va u öz tadqiqotini juda puxta rejalaştirgan», degandi Geyts.
Yil boşidan buyon butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 50 million kişidan oşdi, 1,26 million kişi kasallik oqibatida vafot etdi. Sönggi bir haftada 500-600 ming kişi virusdan zararlangan.













