The Washington Post naşrining xabar berişiça, AQŞda bir hafta içida kunlik kasallaniş holatlari soni 104 mingdan 145 minggaça oşgan. Mamlakatda 9 kundan beri kasallaniş holatlari 100 mingdan köproqni taşkil qilmoqda.  

AQŞda oxirgi sutkada infeksiyadan vafot etganlar soni 1549 kişini taşkil qildi. Bu körsatkiç mamlakat uçun may oyi örtalaridan beri eng yuqori hisoblanadi. 

Texas AQŞda kasallaniş holatlari soni 1 mlndan oşgan birinçi ştat böldi. 

Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga çaliniş holatlari soni 10,7 mlndan, infeksiyadan vafot etganlar soni 247 mingdan oşdi. Mamlakat kasallaniş va ölim holatlari soni böyiça dunyoda 1-örinni egallamoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, dunyoda jami kasallaniş holatlari soni 52 mlndan oşdi. Vafot etganlar soni 1,289 mlndan köproqni taşkil qilmoqda. Şu bilan birga, 36 mlndan köproq kişi koronavirusdan soğayib ketgan.