Bahrayn boş vaziri Xalifa bin Salmon Ol Xalifa 11 noyabr ertalab 84 yoşida vafot etdi. Uning örniga Bahrayn valiahd şahzodasi Salmon bin Hamad bin Iso Ol Xalifa yangi boş vazir etib tayinlandi. Bu haqidagi farmonni podşoh şayx Hamad bin Iso Ol Xalifa imzolagan.
Xalifa bin Salmon Ol Xalifa Bahrayn boş vaziri lavozimini 1970 yil yanvardan to vafotigaça egallab kelgan. U dunyoda boş vazir lavozimini eng uzoq vaqt egallagan davlat arbobi sifatida tarixga kirgan. Marhum şahzoda amaldagi podşohning amakisi bölgan.
Xalifa bin Salmon Ol Xalifa 85 yoşga tölişiga ikki hafta qolganda AQŞda davolanayotgan şifoxonada hayotdan köz yumdi. Marhum şahzoda Bahrayn podşohlik oilasining eng boy vakili va mamlakatdagi eng yirik tadbirkorlardan biri sanalgan.
Şahzoda vafoti munosabati bilan podşohlikda bir haftalik motam e'lon qilingan. 3 kun davomida barça davlat idoralari yopiq qoladi.
Boş vazir lavozimini egallagan şahzoda Salmon 1969 yilda tuğilgan. U Bahrayn podşohining birinçi rafiqasidan tönğiç öğli hisoblanadi. 51 yoşli şahzoda valiahd şahzoda maqomini 1999 yilda olgan. U 2013 yil martidan beri boş vazirning birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan va oxirgi vaqt hukumatni deyarli özi boşqargan.












