Osiyo Çempionlar Ligasi 2 guruh bosqiçidan örin olgan Bahraynning «Al-Xolidiya» va Özbekistonning «Nasaf» klubi örtasidagi bahs golsiz yakunlandi. Uşbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Çempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi örinda turadi.
16-sentabr kuni Bahraynda ötkazilgan A guruhi bahsida tomonlar darvozani işğol qilolmadi.
Guruhning yana bir öyinida «Al-Vahda» (BAA) öz maydonida «Al-Kuvayt» (Kuvayt) klubini 3:2 hisobida mağlub etdi.
«Nasaf» turnirdagi navbatdagi öyinini 14-oktabr kuni öz maydonida «Al-Vahda»ga qarşi ötkazadi.
Osiyo Çempionlar Ligasi 2 turnirida 32 ta klub Ğarb va Şarq mintaqasiga ajratilgan holda 8 ta guruhda iştirok etmoqda. Guruhda 1- va 2-örinni egallagan klublar pley-off bosqiçiga yöl oladi.
OÇL-2. A guruhi, 1-tur
16-sentabr, Riffa (Bahrayn)
AL-XOLIDIA (Bahrayn) - NASAF (Özbekiston) 0:0
Hakamlar: Vivat Jumpaoon, Pattarapong Kijsatit, Çotraveye Tongduang (barçasi Tailand).
«Al-Xolidiya»: Muhammad Al-Ğarabliy, Muhammad Odil, Valid Sabbar (Said Diya 78), Gleyson Uilson (Hazza Ali 87), Raşid Bumessus, Sayfiddin Buhra (Nizar Al-Usmoniy 78), Dominik Mendi, Darko Velkovski, Domagoy Drozdek, Patrik Masvangani (Yaya Al-Haj Usmon 78), Usoma Faraj
Boş murabbiy: Lasaad Şabbiy (Tunis)
«Nasaf»: Abduvohid Neʼmatov, Alibek Davronov, Akromjon Komilov (Yaşnarbek Berdirahmonov 79), Ğolib Ğaybullayev, Adenis Şala, Zafarmurod Abdirahmatov, Bobur Abdiholiqov (Yusuf Otubanjo 78), Şarof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Abbosjon Ğulomov, Umarbek Eşmurodov
Boş murabbiy: Röziqul Berdiyev

















