Qirğiziston prezidenti vazifasini bajaruvçi, boş vazir Sadir Japarovning prezidentlik vakolatlari parlament spikeriga ötadi. Bu haqda Japarov Bişkekda ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Prezident saylovida qatnaşiş uçun vakolatlarimni topşirişim kerak. Vakolatlar avtomatik ravişda parlament spikeri Talant Mamitovga ötadi", - dedi u.

 Eslatib ötamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirğiziston prezidentligidan iste'foga çiqdi.

 Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga köra, davlat rahbarining barça majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga ötişi kerak edi. U bu vakolatdan voz keçgaç, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga ötdi.

 Qirğizistonda prezident saylovi 2021 yil 10 yanvarda bölib ötişi rejalaştirilgan.