Bu yil 48 mln dollar “işlagan” Maykl Jyekson yana reyting yetakçisi böldi. Ötgan yili ikkinçi örinni egallagan Elvis Presli esa bu yil 5-öringa tuşib qoldi.
Vafotidan keyin ham katta mablağ topgan maşhurlar reytingi AQŞ musiqa bozoridagi savdolar hisobini olib boruvçi MRC Data kompaniyasi, kinematografiya böyiça IMDbPro ma'lumotlar bazasi va bozor konyunkturasini örganuvçi NPD BookScan kompaniyasi ma'lumotlari asosida tuziladi. Reytingda 2019 yil 1 oktyabrdan 2020 yil 1 oktyabrgaça bölgan muddat hisobga olingan.
Eng köp mablağ topgan marhumlar reytingi quyidagiça:
1. Maykl Jyekson, qöşiqçi—48 mln dollar. 2009 yil 25 iyunda 50 yoşida vafot etgan.

2. Teodor Syuz (Doktor Syuz), bolalar yozuvçisi va multiplikator — 33 mln dollar. 1991 yil 24 sentyabrda 87 yoşida vafot etgan.

3. Çarlz Şuls, karikaturaçi rassom, komikslar muallifi — 32,5 mln dollar. 2000 yil 12 fevralda 77 yoşida vafot etgan.

4. Arnold Palmer, professional golfçi — 25 mln dollar. 2016 yil 25 sentyabrda 87 yoşida vafot etgan.

5. Elvis Presli, qöşiqçi — 23 mln dollar. 1977 yil 16 avgustda 42 yoşida vafot etgan.

6. Kobi Brayant, basketbolçi — 20 mln dollar. 2020 yil 26 yanvarda 41 yoşida vafot etgan.

7. Jared Xiggins (Juice WRLD), qöşiqçi — 15 mln dollar. 2019 yil 8 dekabrda 21 yoşida vafot etgan.

8. Bob Marli, musiqaçi — 14 mln dollar. 1981 yil 11 mayda 36 yoşida vafot etgan.

9. Jon Lennon, musiqaçi — 13 mln dollar. 1980 yil 8 dekabrda 40 yoşida vafot etgan.

10. Prince, musiqaçi — 10 mln dollar. 2016 yil 21 aprelda 57 yoşida vafot etgan.












