Joriy yilning bugungi kuniga qadar Navoiy viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi buyurtmaçiligida Navoiy viloyatidagi tuman yöl korxonalari tomonidan 300 km.dan ortiq avtomobil yöllarida joriy ta'mirlaş işlari olib borilgan.

Birgina Xatirçi va Qiziltepa tumanlarida 67 km uzunlikdagi davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllariga töliq yangidan qoplama yotqiziş işlari amalga oşirildi. Bundan taşqari, avtomobil yöllarida harakat xavfsizligini ta'minlaş maqsadida 2800 donadan ortiq zamonaviy nur qaytaruvçi yöl belgilari örnatildi.

Viloyat hududidan ötuvçi davlat ahamiyatdagi 4R56 “Oqtoş – Yangiobod –Langar – Çuya” avtomobil yöli Xatirçi va Nurota tumanlarini, şuningdek, toğli hududda yaşovçi Langar qişloği aholisini tuman va viloyat markazi bilan boğlovçi yagona yöl bölgani, yölning ahamiyati nihoyatda yuqori ekanligini belgilab beradi. Viloyat yölsozlari tomonidan ötgan 2 yil davomida uşbu yölning toğli hududdan ötuvçi qariyb 20 km qismida töliq ta'mirlaş işlari olib borilib, yöl holati yaxşilangani, hudud aholisini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga barham berdi.

Joriy yil 10 yanvarda qabul qilingan “2020-2022 yillarda Özbekiston Respublikasining ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qaroriga asosan 2020-2022 yillarda viloyat hududidan ötuvçi umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllaridagi jami 7 ta obektda 50,5 km uzunlikda rekonstruksiya qiliş işlarini amalga oşiriş belgilangan.
Xususan, joriy yilda obektlarda rekonstruksiya işlarini amalga oşiriş uçun qaror böyiça 29000 mln söm ajratilgan bölib, ötgan davr mobaynida 41 000,0 mln sömlik (141 foiz) yöl işlari amalga oşirildi.
Jumladan, 4R57 Qizilqum halqa yölining 0-8 km qismlarida avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş işlari uçun joriy yilda 7000 mln söm mablağ ajratilgan edi. Amalda pudratçi “Navoiy yöllardan muntazam foydalaniş” unitar korxonasi tomonidan yanvar-noyabr oylarida 11 877,9 mln sömlik yöl işlari (170 foiz), 4R55 Metan-Qöşrabod-Nurota avtomobil yölining 120-126 km qismida rekonstruksiya qiliş işlari uçun 2400,0 mln söm ajratilib, amalda pudratçi “Navoiy köpriklardan foydalaniş” unitar korxonasi tomonidan 5400,0 mln sömlik (225%) quriliş işlari amalga oşirildi. Boşqa rekonstruksiya obektlarida ham işlar rejalaştirilganidan ança oldinda ekanini aytiş mumkin.

2020 yilda Navoiy viloyati hududidagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yöllarini ta'mirlaş işlari uçun Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi mablağlari hisobidan ham 25 mlrd söm mablağ ajratilib, uşbu mablağlar hisobidan 73 km uzunlikdagi avtomobil yöllarida töliq qoplama yotqiziş işlari bajarildi. Xususan, Zarafşon şahri va Uçquduq tumanlarini viloyat markazi bilan boğlovçi xalqaro ahamiyatdagi A-379 «Navoiy-Uçquduq (Zarafşon şahri orqali)» avtomobil yölining ta'mirtalab bölgan 45 km qismiga asfalt qoplama yotqizilib sirtqi işlov beriş orqali töliq ta'mirlandi, natijada, uşbu yöl xalqimiz öz manziliga bexatar yetib olişiga xizmat qilmoqda.
Bundan taşqari, viloyat miqyosida umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarida joylaşgan 5 ta ta'mirtalab köpriklarni tegişli davlat dasturlari asosida töliq qayta quriş işlari rejalaştirilgan bölib, bugungi kunda 3 ta köprikda quriliş işlari töliq yakunlangan.

Bundan taşqari, pudratçi “Navoiy köpriklardan foydalaniş” unitar korxonasi tomonidan şaharning Islom Karimov köçasining 1,8 km qismi hamda Amir Temur köçasining 1 km qismlari töliq qayta qurilib, 4-6 tasmali avtomobil yöliga ötkazilib, avtotransport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanişiga zamin yaratildi.
Ma'lumot uçun, Navoiy viloyati hududida 9456,0 km uzunlikdagi avtomobil yöllari röyxatga olingan. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qaroriga muvofiq 4017 km uzunlikdagi umumiy foydalanişdagi xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllari mavjud. Şundan 356 km xalqaro, 2536 km davlat, 1125 km mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yöllari hisoblanadi. Uşbu yöllar Navoiy viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi tasarrufida bölib, boşqarma tarkibidagi tuman yöllardan foydalaniş korxonalari tomonidan joriy ta'mirlaş va saqlaş işlari bajarib kelinmoqda.

Şuningdek, viloyat hududida içki xöjalik, şahar, qişloq posyolka avtomobil yöllari 5439,0 km.ni taşkil etib, tuman va şahar obodonlaştiriş boşqarmalari hisobida turadi. Şundan, 3733 km qismini ta'mirlaş talab etiladi.
Navoiy viloyati avtomobil yöllari hududiy boş boşqarmasi axborot xizmati










