Sinovlar reklama maqsadida emas, balki oğir yöl-transport hodisalarida qutqaruvçilarning odamlarni maşinalar içidan çiqarib oliş malakalarini oşiriş maqsadida ötkazilgan. Qutqaruvçilarning jiddiy yöl-transport hodisalari joyidagi tezkor harakatlari jabrlanuvçilar hayotini saqlab qolişdagi muhim omil hisoblanadi.
Qutqaruvçilar odatda maşğulotlar uçun eski maşinalardan foydalanişadi. Biroq ularning ta'kidlaşiça, 10-20 yil avval işlab çiqarilgan uşbu eski maşinalar zamonaviy maşinalardan xavfsizlik karkasi konstruksiyasi, mustahkamligi, çidamliligi jihatidan farq qiladi. Şu sababli qutqaruv xizmati iltimosiga köra kompaniya qutqaruvçilarga yangi maşinalar ajratişga qaror qilgan.
Maşğulotlar davomida olingan malakalar Şvetsiyaning turli favqulodda xizmatlari tomonidan qöllanadi. Bu tajriba boşqa davlatlar qutqaruvçilariga ham asqotişi mumkin.
2020 yilda Volvo maksimal tezligi 180 km/soat bilan çeklangan avtomobillar işlab çiqarişni boşladi. Kompaniyaning tezlik elektron çeklagiçi qiymati 250 km/soatdan 180 km/soatgaça tuşirilgan ilk modellari yangilangan S90 va V90 modellari böldi. 2021 yilda esa kompaniyaning barça yangi maşinalari şunday tezlik çekloviga ega böladi.
Kompaniya maşinalarning maksimal tezligini çeklaşdan taşqari, avtomobil tezligini örnatilgan tezlik çeklovlari va geoma'lumotlar asosida nazorat qiluvçi texnologiyalarni tatbiq qiliş ustida işlar olib bormoqda. Jumladan, gap maktablar va şifoxonalar joylaşgan köçalarda maşina tezligining avtomatik ravişda pasaytirilişi haqida bormoqda.
Bundan taşqari, şved kompaniyasi bölğusi maşinalarini mast va e'tiborsiz haydovçilarni taniş tizimlari bilan jihozlaş loyihasini taqdim etdi. Bularning barçasi kompaniya amalga oşirayotgan Vision 2020 dasturining bir qismi hisoblanadi. Bu dasturdan maqsad kompaniyaning yangi maşinalarida ölim va jiddiy jarohat oliş holatlari sonini nolga keltiriş hisoblanadi.












