Ant Group (Alibaba’ning şö'ba kompaniyasi) moliyaviy-texnologiya kompaniyasi aksiyalarini joylaştirişni töxtatiş töğrisida XXR raisi Si Tszinpinning şaxsan özi buyruq bergan. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

 Si Tszinpinning noroziligiga Jyek Maning 24 oktabr kuni Şanxaydagi çiqişi sabab bölgan. Öşanda u mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sohasini tartibga soluvçi qoidalarni tanqid qilgandi.

Qayd etilişiça, Si Tszinpin Jyek Maning sözlarida şaxsiy obrösini tökiş va Xitoy nazorat organlari faoliyatini şubha ostiga qöyişga urinişni körmoqda.

"Si Tszinpinga eng boy insonlar röyxatiga kirgan-kirmaganligingizning qiziği yöq. Uni boyib ketganingizdan keyin nima qilayotganingiz va öz manfaatlaringizni davlat manfaatlari bilan muvofiqlaştirayotganingiz qiziqtiradi", - degan manbalardan biri.

 Naşrning yozişiça, Ma va Xitoy hukumati örtasidagi munosabatlar köp yillardan buyon keskinligiça qolmoqda: hukumatni tadbirkorning ta'sir doirasi va u egalik qilayotgan kompaniyaning kuçayişi xavotirga solmoqda.

Ant Group öz aksiyalarini Şanxay birjasi va Honkongda ikkilamçi röyxatga olişni (listing) rejalaştirgan bölib, joylaştiriş 5 noyabr kuni amalga oşirilişi kerak edi. Kompaniya 34,4 milliard dollar jalb qilişni rejalaştirgandi, bu esa tarixdagi eng yirik IPÖga aylanişi mumkin edi.

Ammo 3 noyabr kuni Ant Group Xitoy regulyatorlaridan IPO töxtatilişi töğrisida xabar olganini e'lon qildi. Kompaniya listing yoki ma'lumotni oşkor qiliş talablarini bajara olmasligi haqida xabardor etilgan.