Kema AQŞning şarqiy sohili vaqti böyiça 15 noyabr soat 19:27da Falcon 9 raketasi yordamida Kanaveral burnidagi kosmodromdan uçirildi. Kema parvozi dastlab 14 noyabrga belgilangandi, biroq noqulay ob-havo şaroiti tufayli bir kunga qoldirilgan. 

Raketa start olgandan 9 daqiqa ötgaç uning birinçi poğonasi Atlantika okeanidagi platformaga qöngan. Keyinroq raketaning ikkinçi poğonasi ham ajralib, kema belgilangan orbitaga çiqqan.

Kema bortida 3 nafar amerikalik astronavt – ekipaj sardori Maykl Xopkins, Viktor Glover va Şennon Uoker hamda yaponiyalik astronavt Soiti Noguti bor. Ular XKSda 6 oy qolişadi.

SpaceX’ning birinçi muntazam missiyasi Crew-1 ekipaji hozirda XKSda faoliyat olib borayotgan 64-ekspeditsiya a'zolari – NASA astronavti Ketlin Rubins va rossiyalik fazogirlar Sergey Rijikov va Sergey Kud-Sverçkovga qöşiladi.

Crew Dragon’ning XKS bilan tutaşuvi 16 noyabr keçki vaqtga belgilangan.   

AQŞ prezidenti Donald Tramp NASA’ni muvaffaqiyatli parvoz bilan tabriklagan. U NASA’ning rivojlanişiga katta hissa qöşganini ta'kidlab ötgan.

“Ajoyib parvoz! Biz NASA bilan şuğullanişni boşlaganimizdan oldin u falokatli ahvolda edi. Hozir esa u yana trendda, dunyodagi eng yaxşi, eng ilğor koinot markazidir, hammadan ança oldinda!” – deb yozgan Tramp tvitterda.

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi odamlarni fazoga yetkazişni boşlagan birinçi xususiy kompaniya hisoblanadi. Crew Dragon kemasining XKSga birinçi sinov parvozi 30 may kuni ötkazilgan. Öşanda koinot stansiyasiga astronavtlar Daglas Xyorli va Robert Benken yetkazilgandi.

Uşbu parvoz NASA’ning şattllar dasturi tugatilgandan keyin AQŞning 9 yil içidagi birinçi boşqariluvçi parvozi bölgan. Bu vaqt davomida astronavtlar koinot stansiyasiga Rossiyaning “Soyuz” kemalarida yetkazilgan.