AQŞ prezidenti 12 noyabr kuni maslahatçilari bilan Erondagi uranni boyitiş zavodiga hujum qiliş ehtimollarini muhokama qilişgan. Bu haqda The New York Times naşri sobiq va hozirgi amerikalik amaldorlar orasidagi manbalariga asoslangan holda xabar tarqatdi. Donald Tramp Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) Erondagi boyitilgan uran hajmi yadroviy kelişuvga köra ruxsat etilgan miqdordan 12 baravar köpligi haqida e'lon qilganidan keyin aviazarba yoki kiberhujum imkoniyatlariga qiziqiş bildirgan.
Oq uydagi uçraşuvda vitse-prezident Maykl Pens, davlat kotibi Maykl Pompeo, Mudofaa vaziri - Pentagon rahbari vazifasini bajaruvçi Kristofer Miller va AQŞ Qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi raisi, general Mark Milli iştirok etgan. Ular Trampni prezidentligining sönggi haftalarida yuzaga kelişi mumkin bölgan oqibatlaridan ogohlantirib, Netenzdagi zavodga hujum qiliş fikridan qaytarişgan.
Şu bilan birga, The New York Times naşrining qayd etişiça, Tramp Eronga zarba beriş niyatini hamon e'tiboridan soqit qilmagan.
Gazeta ma'lumotiga köra, noyabrda Mudofaa vaziri Mark Esper va boşqa yuqori martabali harbiy amaldorlar iste'foga çiqarilgaç, Tramp Eronga qarşi oşkora yoki maxfiy amaliyotlar boşlaşi mumkinligi haqida xavotirlar yuzaga kelgan. NYT naşrining qayd etişiça, Tehron bilan ziddiyat yana keskinlaşişi Jo Bayden saylovoldi kampaniyasida va'da qilgan yadroviy kelişuvni tiklaş böyiça muzokaralarni murakkablaştirişi mumkin. Bu kelişuv 2015 yilda Barak Obama tomonidan tuzilgan, ammo Tramp öz prezidentligi boşida kelişuvni bekor qilgandi. Bu kelişuv uşbu mamlakatda yadroviy sohadagi faollikni çeklaş evaziga sanksiyalarni yeçişni nazarda tutardi.
Axios naşri 9 noyabr kuni Tramp ma'muriyati 2021 yilning 20 yanvariga qadar Eronga qarşi sanksiyalar qöllamoqçi ekani haqida xabar tarqatgandi. 10 noyabr kuni sanksiyalar yana olti taşkilot va tört nafar jismoniy şaxsni öz içiga olgan holda kengaytirildi.













