Qayd etilişiça, 18 yoşni qarşilagan J. Özbekiston tumani IIB YHXBga qaraşli «Şodlik» MFY hududida joylaşgan jarima maydonida saqlanayotgan “JAWA” rusumli mototsiklni öğrilik yöli bilan olib qoçişga uringan.
U 2020 yil 2 sentabr kuni soat 02:00larda “JAWA” rusumli mototsiklni öğirlaşga öğirlab olib çiqib, yölda ketayotganda qilgan işidan afsuslangan va özi yaşaydigan mahalla profilaktika inspektorining telefon raqamiga qönğiroq qilib, jarima maydonidan mototsikl öğirlab çiqqanini aytib, aybini böyniga olgan.
Profilaktika inspektori tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan. Natijada, mototsikl jarima maydonçasiga qaytarilgan, J. esa qamoqqa ravona bölgan.
Sud majlisida söralgan J. mototsikl minişga juda qiziqqani sababli uşbu mototsiklni öğirlab çiqqanini, uni şu kuni minib, keyin yana joyiga olib borib qöymoqçi bölganini bildirgan.
“Motosikl egasi esa suddan arzimagan narxdagi mototsiklini deb J.ning kelajagini barbod qilmaslikni, agar u ozodlikdan mahrum qilinadigan bölsa, öşa mototsiklini kerak bölsa yoqib yuborişini, J. sodir etgan jinoyat natijasida heç qanday moddiy zarar körmagani, uni keçirganini aytib, ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan yengilroq jazo tayinlaşni söradi.
J. özining jinoiy harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandida körsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan. U Jinoyat kodeksida belgilangan modda sanksiyasi doirasida 10 yildan 15 yilgaça ozodligi mahrum qilinişi mumkin edi.
Lekin sud J.ga jazo tayinlaşda sodir etilgan jinoyatning xususiyati jabrlanuvçiga zarar yetkazilmagani, uning Özbekiston Milliy universiteti talabasi ekani, sportning Taekvondo WTF turi böyiça erişgan yutuqlari, aybini böyniga oliş töğrisida arz va puşaymonligini hisobga oldi”, - deyiladi ma'lumotda.
Bildirilişiça, Yoşlar ittifoqi Farğona viloyat kengaşi tomonidan berilgan ijobiy tavsifnomani hisobga olib, sud JKning 57-moddasini qöllab, modda sanksiyasida nazarda tutilmagan ozodlikni çeklaş jazosi tayinlaşni, J.ga keç soat 21:00dan ertalab soat 6:00gaça yaşaş joyidan çiqmaslik, nazorat qiluvçi organning roziligisiz yaşaş va öqiş joyini özgartirmaslik kabi taqiqlarni yuklab sud zalidan darhol qamoqdan ozod qilişni lozim topgan.












