CGTN xabariga köra, rekord uçun MX450 mototsikli quruqlikda ham, suvda ham harakatlana oladigan qilib özgartirilgan. Unga suv ustida sirpanişga möljallangan maxsus çanğilar örnatilgan, yonilği baki kattalaştirilgan va suvdan himoyasi kuçaytirilgan.
Mototsikl avval quruqlikda tezlik olib, keyin suvga çiqadi. Çanğilar uning suv yuzasida harakatlanişiga yordam beradi, old çanği esa yönalişni boşqariş uçun xizmat qiladi.
Orqa ğildirak bu jarayonda odatdagidan boşqaça işlaydi: u qattiq yölga tayaniş örniga suvni orqaga itarib, mototsiklni oldinga harakatlantiruvçi kuç hosil qiladi.
Rekord masofasi daryoni bir neça bor kesib ötiş orqali töplangan. Yaʼni Çjan Syue 40 kilometrdan ortiq yölni bir yönalişda bosib ötmagan. Uzoq masofaga yetarli yonilği zaxirasi va suv bilan takroriy kontaktga çidamlilikni taʼminlaş uçun konstruksiyaga qöşimça özgartişlar kiritilgan.
Birinçi urinişda atigi 20 metr yurgan
Çjan Syue mototsiklda suv havzasini kesib ötişga ilk bor 2009-yilda uringan. Öşanda u oddiy özgartişlar kiritilgan texnikada suv yuzasida harakatni saqlab qoliş mumkinligini tekşirgan.
Dastlabki tajribada u tört marta suvga qulagan, eng uzoq bosib ötgan masofasi esa atigi 20 metr bölgan. Şundan söng mototsikl konstruksiyasini takomillaştiriş böyiça köp yillik tajribalar davom etgan.
Hozirgi natija maxsus qayta jihozlangan MX450ʼda rekord örnatiş doirasida qayd etildi. Bu mototsiklning kundalik suv qatnovi yoki muntazam taşuvlar uçun tayyor ekanini anglatmaydi: u quruqlik va suvda universal foydalanişga möljallangan seriyali transport vositasi sifatida taqdim etilmagan.

















