Prezidentning “Örta korxonalarni rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş va ularni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining örta korxonalarni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş böyiça alohida mexanizmlarni joriy etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.
2021 yil 1 yanvardan boşlab tadbirkorlik sub'yektlari toifasini aniqlaşning quyidagi tartibi örnatiladi:
a) kiçik tadbirkorlik sub'yektlari toifasiga:
- yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- mikrofirmalar – örtaça yillik xodimlar soni 10 tagaça va yillik tovar (iş, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tuşum miqdori 1 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlik sub'yektlari;
- kiçik korxona – örtaça yillik xodimlar soni 100 tagaça va yillik tovar (iş, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tuşum miqdori 5 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlik sub'yektlari;
b) örta korxona – yillik xodimlar soni 250 tagaça va yillik tovar (iş, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tuşum miqdori 15 milliard sömgaça bölgan tadbirkorlik sub'yektlari;
v) yirik korxona – yillik doimiy xodimlar soni 250 tadan ortiq va yillik tovar (iş, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tuşum miqdori 15 milliard sömdan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari kiradi;
g) tadbirkorlik sub'yektlarining toifalari mazkur bandning «a», «b» va «v» kiçik bandlarida nazarda tutilgan şartlarning qiymati böyiça eng kattasiga muvofiq aniqlanadi;
d) örtaça yillik xodimlar soni va tovar (iş, xizmatlar) realizatsiyasidan sof tuşum miqdoridan qat'i nazar davlat unitar korxonalari hamda ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan xöjalik jamiyatlari örta korxonalar toifasiga kirmaydi;
ye) örta tadbirkorlik sub'yektlari davlat statistika hisobotlarini faqatgina çoraklik asosda taqdim etadilar.
Örta korxonalarga nisbatan şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2021 yil 1 yanvardan boşlab:
- işlab çiqariş faoliyati yuzasidan xorijiy mamlakatlardan jalb etiladigan mutaxassislar uçun qilinadigan barça xarajatlarning 50 foizi, şuningdek korxona xodimlarini qayta tayyorlov kurslarida öqitiş bilan boğliq xarajatlar töliq Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oşirişda davlat mulki obektlaridan foydalaniş böyiça belgilangan ijara haqi summasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş jamğarmasi va Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markaziga yönaltiriladigan qismiga teng miqdorda kamaytiriladi;
- mahsulotlarni eksport qilişda avtomobil, temir yöl va havo transporti bilan boğliq xarajatlarning 75 foizigaça miqdori Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan kompensatsiya qilinadi;
- fond birjasida korporativ obligatsiyalarni joylaştiriş orqali jalb qilingan mablağlar foyda soliğini hisoblaş bazasiga kiritilmaydi;
- vaqtinçalik moliyaviy qiyinçiliklarga duç kelgan korxonalar soliq organlarini rasmiy xabardor etiş orqali soliq va majburiy tölovlar böyiça qarzdorlikni 6 oy davomida teng uluşlarda bölib tölaş huquqiga ega böladi;
- korxonani texnik-texnologik jihozlaş va modernizatsiyalaşda xodimlarni sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda işlaş metodikasini özlaştirişi uçun yetakçi xorijiy mamlakatlarda qisqa muddatli ilmiy stajirovkalari bilan boğliq barça xarajatlarning 50 foizi Innovatsion rivojlaniş va novatorlik ğoyalarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan moliyalaştiriladi.
Örta korxonalarga nisbatan quyidagi yönalişlarda ustunlik beriladi:
- sanoat yönalişidagi loyihalarni amalga oşiriş yoki mavjud faoliyatni kengaytiriş böyiça kiçik sanoat zonalaridan joy olişga talabgor bölgan örta korxonalarga taşkil etiladigan tender tanlovlarida;
- davlat komissiyasining qarorlariga asosan investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 söm” boşlanğiç qiymatda ommaviy savdolarga çiqariladigan va qonunçilikda belgilangan tartibda bölib-bölib tölaş şarti asosida xarid qilinadigan davlat aktivlari savdolarida.
2021 yil 1 yanvardan boşlab quyidagi holatlarda Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi hisobidan örta korxonalarga subsidiya va kafillik beriş tartibi joriy etiladi:
- tijorat banklarining kreditlari böyiça kredit summasining 75 foizigaça, biroq 8 milliard sömdan köp bölmagan miqdorida jamğarma tomonidan kafillik beriladi. Bunda, taqdim etilgan kafilliklar va kompensatsiyalarning amal qiliş muddati tadbirkorlik sub'yektining toifasi özgarganda ham saqlab qolinadi;
- ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub bölgan “temir daftar”ga kiritilgan yoşlar va xotin-qizlarni işga qabul qilganda dastlabki 12 oy davomida ularning iş haqi fondiga nisbatan hisoblanadigan ijtimoiy soliq summasiga teng miqdorda subsidiya ajratiladi;
- işlab çiqarilgan mahsulotlarga milliy va xalqaro (muvofiqlik) sertifikatlarni rasmiylaştiriş bilan boğliq bölgan barça xarajatlarga teng miqdorda subsidiya ajratiladi.












