Maktabgaça ta'lim vazirligining ma'lum qilişiça, ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi bilan birgalikda Xalq deputatlari kengaşlarining ruxsatini olişni kutayotgan maktabgaça ta'lim muassasalarida tayyorgarlik işlarini tezlaştiriş uçun işlarni olib bormoqda.

Faoliyatini qayta tiklaş va bolalarni qabul qiliş huquqi Sanitariya-epidemiologiya xizmatidan ruxsat olgan MTTlarga beriladi. Şu bilan birga, quriliş-ta'mirlaş işlari olib borilayotgan yoki xodimlarida koronavirus aniqlangan boğçalar yopiqligiça qoladi.

Jumladan, Sirdaryo viloyatida 20ta boğça yil oxirigaça yopiq böladi, Toşkent viloyatida esa 104ta boğça ta'mirlaş işlari olib borilayotgani tufayli işlamay turadi. Respublikada yana 4ta maktabgaça ta'lim muassasasi avariya holatida, ularni 2021 yil investitsiya dasturiga kiritiş tavsiya qilinmoqda. Toşkent şahrida esa 80ta MTTda ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, ayni paytda 5 385ta davlat MTT oçilgan (89 foiz), ularda 691 271 nafar bola tarbiyalanmoqda.