Nega aynan bir sohaning kamçiligi baland minbarlarda aytilganidan keyingina ma'sul şaxslar bu muammolarini bartaraf qiliş uçun qimirlab qolişadi? Nega ular bu kamçiliklarni bartaraf etiş uçun öz vaqtida çora körişga uquvsiz yoki bölmasa beparvo?

Nima bölganda ham, işga mas'uliyat bilan yondaşilganida, viloyatdagi 38 ming gektar yer maydonlari bugungi kunda yaroqsiz holga kelib qolmas, 45 foiz yerlarning şörlanib ketişining oldi olingan bölardi.

Şavkat Mirziyoyev şu yilning 12–13 noyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga qilgan taşrifi çoğida hududdagi irrigatsiya va melioratsiya holatini keskin tanqid qilganidan keyin ham mazkur sohadagi mas'ullar yetarli xulosa çiqarmagan körinadi, çoği.

Misol uçun, Qaşqadaryo viloyatida namunaviy markaz sifatida Nişon tumani tanlab olindi. Uşbu tumanda jami 30,6 km xöjalik kanallari, 2188 km içki suğoriş tarmoqlari mavjud bölib, 2020 yil 1 sentyabrdan 2021 yilning 1 apreligaça 28,5 km qismini mexanizm bilan tozalaş rejalaştirilgan.

17 noyabr holatiga köra, bu rejaning 5,5 km qismida tozalaş işlari amalga oşirilgan. Şuningdek, 680,5 km uzunlikdagi kanallarni tozalaş işlari rejalaştirilgan bölib, hozirda 106 km masofada haşar taşkil qilinib, tozalaş işlari olib borilmoqda.

Haşar işlariga turli taşkilotlardan 25 ga yaqin texnika jalb qilingan. 500 dan ortiq suv xöjaligi xodimlari ta'mirlaş-tozalaş işlariga safarbar etilgan.

Lekin örganiş davomida namunaviy hudud sifatida tanlab olingan Nişon tumanida işlar bemaqsad olib borilayotganiga guvoh böldik. Agar vaziyat önglanmaydigan bölsa, keyingi yilning şu davrida 38 ming gektar yaroqsiz holga tuşib qolgan dala maydonlariga qöşimça yana bir neça ming gektar yerlarning sifatiga havas qilib bölmasligi oydinlaşib bormoqda.

«Prezident tanqid qildi» deya, 500 nafardan ortiq işçilarni haşar işlariga bemaqsad olib çiqişdan biror ma'no bormikan?

Avvalo viloyatda irrigatsiya va melioratsiya holatining yaxşilanişiga hissa qöşadigan aniq manzilli dastur işlab çiqilsa, yaroqsiz holga kelib qolgan yerlardan kelgusida unumli foydalanişiga zamin yaratilgan bölmasmidi?

Qişloq xöjaligida vujudga kelgan muammolarning bartaraf etilişi, albatta, amaldorlardan köra, oddiy aholiga köproq foydali böladi. Şu boisdan ham hududning tabiiy şaroitidan kelib çiqqan holda manzilli işlar olib borilsa, mazkur sohada qilayotgan işlar yakunda öz samarasini körsatmay qolmaydi.

Ilyosbek Mahmudov,
Kun.uz muxbiri.