Bu haqda Navoiy viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi Tölqin Aliqulov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Hozirda Navoiy viloyatidagi davlat va xususiy taşkilotlarda 78 mingga yaqin kişi işlaydigan bölsa, şuning 10 ming nafarga yaqini sport bilan muntazam şuğullanadi. Bu kam, albatta.

Navoiy viloyatining respublikada takrorlanmaydigan öziga xos xususiyati bor. Misol uçun, «Navoiyazot» korxonasining 12 ming nafarga yaqin işçisi bölib, şuning 6 mingga yaqini velosipedda işga qatnaydi. Zavodga kiriş joyida veloturargoh mavjud.

Navoiy şahri kiçik bölgani uçun taksi xizmatidan köra velosipeddan foydalaniş qulayroq. Birinçidan, soğliq uçun foydali. Ikkinçidan, özining çöntagi uçun yaxşi»,-dedi Tölqin Aliqulov.

Hokim maslahatçisi aholini sportga jalb qiliş, böş turgan sport inşootlarida tögaraklar oçiş töğrisida ham gapirdi. Uning aytişiça, ayni paytda viloyatda 1809ta sport inşooti mavjud. Mazkur binolarning 15-20 foizidan tadbirlar ötkaziş uçungina foydalaniladi. Qolaversa, viloyat maktablarida malakali trenerlar ham yetişmaydi.

«Viloyatda sport böyiça umumiy tahlilni örganganimizda, sport mutaxassislari va çempionlarni yetiştirib beriş uçun umumta'lim maktablarida sport zallari va tögaraklar joriy etiş muhimligi ayon böldi. Örganişlar davomida şuni bildikki, yoşlarni sportga jalb qiliş uçun maktab sport zallarida trenerlarni köpaytirişimiz kerak. Lekin bizda bunday trenerlar yetişmaydi.

Sankt-Peterburg şahrida bölganimda aholining aksariyat qismida semizlik kam uçraşiga guvoh bölganman. Öşanda turizm agentligi rahbaridan buning sababi haqida söraganimda, u fitnes klublar, trenajyor zallariga yil böyi çegirmalar berilişini aytdi.

U yerda aholining fitnes klub va zallarga borişi uçun davlat alohida dastur qabul qilar va buni moliyalaştirar ekan. Şu sabab aholiga 30-40 foizgaça çegirmalar beriladi. Sport zallariga yillik qatnaş uçun tölov qilinadigan bölsa, arzimagan pul sarflanadi. Xuddi şuni özimizda ham qöllaşni taklif qilgan bölardik.

Köplab sport inşootlarimiz mavsumiy bölib qolgan. Ularda respublika, viloyat va tuman darajasidagi tadbirlar ötkaziladi. Boşqa paytlarda şunday inşootlarning 15-20 foizga yaqini böş turadi. Biz sport boşqarmasi bilan maslahatlaşib, böş turgan inşootlarda tögaraklar joriy qilişni rejalaştirdik. Ota-onalar va tadbirkorlarning mablağlari hisobiga yoşlarning sport bilan şuğullanişini taşkil qilmoqçimiz. Zallar atrofidagi aholini, yoşlarni katta summa qöymagan holda sport tögaraklariga jalb qilsak yaxşi samara beradi. Çunki sport inşootlarini balansda saqlaş böyiça ham xarajatlar bor. Bu ham qaysidir ma'noda respublika budjetiga yuk. Tögaraklar taşkil qilib mana şu masalani ham yeçsa böladi. Hozirda bu boradagi işlarni boşladik. Tumanlardagi vakillarimizga aytdik, 2021-2022 yillarda şunday tögaraklarni yölga qöyamiz.

Albatta, davlat tomonidan sportga katta e'tibor beriladi, sport inşootlari ta'mirlanadi va katta mablağ ajratiladi. Lekin bu yetarli emas. Bu jarayonga xususiy tadbirkorlarni ham köproq jalb qilişimiz kerak. Hozir aholiga birinçi örinda şaroit yaratib bersak, sport klublari, zamonaviy sport maktablari qurib bersak, aholini tarğib qilib, ularni sportga jalb qiliş mumkin.

Biz sport bilan muntazam şuğullanmaganimiz uçun ayrim turdagi kasalliklar kelib çiqadi. Öşa kasallik ham oxirgi bosqiçga yetganidan keyingina şifokorga murojaat qilamiz. Şifokor «keçikib kelibsiz, keç bölibdi» desa, unga ham jahl qilamiz. Aslida sport bilan şuğullaniş insonni köp kasalliklardan asraydi», dedi hokim maslahatçisi.

Ma'lum qilinişiça, Navoiy viloyatining aholisi 1 mln nafardan ortiqroq. Şundan 13 foizi muntazam sport bilan şuğullanadi. 2021 yilda mazkur körsatkiçni 20 foizga yetkaziş rejalaştirilgan.