Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning birinçi yarmida respublika böyiça jami 637,2 trillion sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Navoiy viloyatida qayd etildi. Viloyatda yanvar–iyun oylarida 155 trillion sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqarilgan.
Ikkinçi örinni 109,6 trillion sömlik körsatkiç bilan Toşkent şahri egallagan. Kuçli uçlikni 100 trillion sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqargan Toşkent viloyati yakunlagan.
Keyingi örinlarda Andijon viloyati - 54,2 trillion söm, Samarqand viloyati - 32,7 trillion söm va Farğona viloyati - 29,6 trillion sömlik körsatkiç bilan qayd etilgan.
Şuningdek, Buxoro viloyatida 26,3 trillion söm, Qaşqadaryo viloyatida 25,5 trillion söm, Jizzax va Namangan viloyatlarining har birida 20,3 trillion sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Xorazm viloyatida bu körsatkiç 18 trillion sömni, Qoraqalpoğiston Respublikasida 15 trillion sömni, Sirdaryo viloyatida 13,8 trillion sömni taşkil etgan.
Röyxatda eng past körsatkiç Surxondaryo viloyatida qayd etilgan - hududda olti oy davomida 9,6 trillion sömlik sanoat mahsuloti işlab çiqarilgan.












