Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 59 yoşli yollanma işçi quvurlarni ta’mirlaş vaqtida tuproq bosib qolişi oqibatida vafot etdi.

Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov «Daryo»ga ma’lum qilişiça, baxsiz hodisa 7-avgust kuni Qiziltepa tumani Alişer Navoiy mahallasi hududida yer ostidan ötgan eski quvurlarni ta’mirlaş vaqtida röy bergan.

Atrofdagilar unga yordam berişga uringan, ammo quruq qöl va belkurak bilan buning uddasidan çiqa olişmagan.

Marhumning tört nafar farzandi yetim qolgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Mehnat inspeksiyasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning birinçi yarmida iş joylarida 447 ta baxsiz hodisa yuz bergan. Iş davomida yuz bergan 113 ta baxsiz hodisa ölim bilan yakunlangan.