IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, avtomaşina old yölovçi örindiğida polietilen paket içida kök rangli kukunsimon modda va 5 dona har xil rangli plastmassa nayçalar borligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida fuqaro Oybek D.dan olingan modda tarkibida giyohvand vosita “pirrolidinovalerofenon” mavjud bölib, uning oğirligi 0,25 grammni taşkil etişi, 5 dona plastmassa nayçalarda ham “pirrolidinovalerofenon” izlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani böyiça IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan Oybek D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işi böyiça Oybek D. gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, himoyaçi iştirokida söroq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.