Ukraina hukumati koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda töliq lokdaun joriy etiş rejasini işlab çiqişni boşladi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Denis Şmigal ma'lum qildi, deb yozadi «Strana.ua».

 Uning sözlariga köra, hozirça «dam oliş kunlari» lokdauni joriy etilgan. U uşbu va kelasi haftada amal qiladi.

«Şundan söng uning natijasini baholaymiz», — dedi Şmigal.

Boş vazirning qöşimça qilişiça, «dam oliş kunlari» karantini samara bermasligi ehtimolini nazarda tutib «B rejasi» işlab çiqilmoqda.

«Biz butun mamlakat anglaşi uçun bu rejani ommaviy muhokama qilişni boşladik», — dedi Şmigal.

 Uning aytişiça, epidemiolog va infeksionistlar bilan har kuni maslahatlaşuvlar ötkazilmoqda, har bir hudud böyiça vaziyat tahlil qilinmoqda.

 «Bularning bari hamkorlikda, har tomonlama öylab çiqilgan va barça qöllab-quvvatlaydigan rejani işlab çiqiş uçun qilinmoqda», — dedi Şmigal.

Uning ta'kidlaşiça, qat'iy karantin joriy etiş muddati hozirça belgilanmagan.

Ukrainada oxirgi sutkada koronavirus holatlari qayd etilişi böyiça antirekord örnatildi -14580ta holat. Mamlakat böyiça jami aniqlangan holatlar soni esa 612 mingdan oşgan.