Boş prokuratura huzuridagi departamentning Qoraköl tumani bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.T. qölga olindi.
Tergovga qadar tekşiruv materiallariga köra, u fuqaro D.O.ning işonçiga kirib, göyoki Qozoğistondagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 1–3-kurslarda tahsil olganligi haqida qalbaki hujjatlar tayyorlab berişini aytgan.
Şuningdek, yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetining tibbiyot yönalişiga 4-kursdan öqişga kiritib qöyişni va’da qilib, buning evaziga 26 million söm olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berişga dalolat qiliş) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Hozirda uşbu iş yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

















