Butun dunyo böyiça çegaralar 2021 yil örtalarida töliq oçilişi mumkin. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) boş direktori Aleksandr de Jyunyak ana şunday taxmin bildirdi, deb yozmoqda Reuters.

Uning sözlariga köra, koronavirusga qarşi vaksinaning paydo bölişi va turli mamlakatlarda ommaviy testlar ötkazilişi aviaqatnovlarning tiklanişiga sabab böladi. 

 IATA boş direktorining aytişiça, uzoq masofalarga parvoz qiluvçi yölovçilarning emlanişini majburiy qiliş niyatida bölgan aviakompaniyalar paydo bölmoqda. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ana şundaylardan biri böldi, qolgan kompaniyalar ham uning ortidan borişi mumkin, deydi de Jyunyak.

 Uning ma'lumot berişiça, pandemiya davrida butun dunyodagi aviakompaniyalar 157 milliard dollar yöqotadi. 2020 yilda aviayölovçilarning umumiy soni 4,5 milliard nafardan 1,8 milliardgaça kamayadi. Bu yil yölovçi taşişdan keladigan daromad 69 foizga tuşib, 191 milliard dollarni taşkil etadi.

Avvalroq de Jyunyak samolyotda koronavirus yuqtiriş ehtimoli juda kamligini aytgandi.