NBC telekanalining Sakramento okrugi prokurori Enn Meri Şubertga tayanib xabar berişiça, uşbu firibgarlik Kaliforniya tarixidagi eng yirigi hisoblanadi.

“Mahbuslar amalga oşirgan firibgarlik haqiqatan ham esankiratadi”, deb izoh bergan Şubert.

Uning ta'kidlaşiça, mart-avgust oylarining özida ştatdagi turmalardan işsizlik nafaqasini olişga 35 mingta ariza tuşgan. Bunday arizalardan kamida 20 mingtasi qondirilgan. Prokurorning ma'lum qilişiça, pullar bevosita mahbuslarga yoki ularning yaqinlari va döstlariga jönatilgan. 

Şubertning aytişiça, Kaliforniyada mahbuslar ma'lumotlarini işsizlik nafaqasini olişga haqiqatan muhtoj bölganlarning ma'lumotlari bilan soliştiriş tizimi yöqligi sababli aynan şu ştatda bunday firibgarlikni amalga oşirişning imkoni bölgan. 

Ma'lum qilinişiça, nafaqalarni olişda qalbaki ijtimoiy suğurta raqamlari, AQŞda öz asl ismi örniga qöllanuvçi Jon Dou yoki Jon Adams ismlaridan foydalanilgan. Biroq aksariyat holatlarda mahbuslar arizalarda özlarining haqiqiy ismlarini körsatişgan. “Nafaqa oluvçilar” orasida hattoki ölim jazosiga hukm qilingan 133 mahbus ham bölgan. Ularga umumiy hisobda 420 ming dollar tölab berilgan. 

Kern okrugi prokurori Sintiya Tsimmerning ma'lum qilişiça, tergovçilar davlatdan moliyaviy yordam oliş uçun qöllangan uşbu firibgarlik sxemasini sentyabrda foş qilişgan. 

Ayni vaqtda uşbu holat yuzasidan bir neçta jinoiy iş qözğatilgan. Biroq pullarning katta qismi mamlakatdan olib çiqib ketilgan bölişi mumkin va ularni davlat ğaznasiga qaytariş imkonsiz deb hisoblanmoqda. 

Ta'kidlanişiça, AQŞ va boşqa davlatlardagi firibgarlar AQŞda işsizlarga ajratilgan mablağlardan jami 8 mlrd dollarga yaqinini öğirlagan bölişi mumkin.