U televideniye orqali çiqişida Jo Bayden ma'muriyati siyosiy iroda körsata olsa, Eron va AQŞ munosabatlari butunlay boşqaça bölişi mumkinligini aytdi.
“Eron va AQŞ 2017 yil 20 yanvardagi şartlarga qaytiş borasida qaror qabul qilişi va buni e'lon qilişi mumkin. Bu köplab muammolarga ajoyib yeçim böladi hamda hozirgi siyosiy jarayonlarni butunlay özgartirişi mumkin”, – dedi u.
Şuningdek, Ruhoniy Eron bölajak prezident Baydendan nimani kutayotganligini ham aytib ötdi.
“Umid qilamizki, AQŞning keyingi ma'muriyati özining dastlabki qadamlarida Trampning Eronga nisbatan siyosatini qoralaydi”, – dedi Ruhoniy va Tramp siyosatini “inson huquqlariga qarşi hamda terroristik” siyosat deb atadi.
Ruhoniyning sözlariga köra, Bayden ma'muriyati avvalgi “notöğri siyosat”ni töğrilaşi kerak.
Uning ta'kidlaşiça, Eronning siyosati har doim aniq bölib kelgan va “majburiyatga majburiyat, harakatga harakat hamda hurmatga hurmat körsatiş” ga asoslangan.
AQŞ 2018 yil may oyida 2015 yilda Eron bilan imzolangan yadroviy kelişuvdan bir tomonlama çiqib ketdi va Tehronga nisbatan keskin iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi.
Eron Tramp ma'muriyatining “maksimal bosim” kampaniyasini “iqtisodiy va tibbiy terrorizm” namunasi deb atadi va AQŞning bölajak ma'muriyati tovon puli tölaşi kerakligini bildirdi.












