«Biz mutasaddilar birinçi iş kunimizdan iste'foga tayyor bölib işlaganmiz. Lekin hamma iste'foga çiqib ketaversa kim işlaydi? Biz işimizni 24 soat olib boryapmiz.

Mana şu noyabr oyidagidek vaziyat oldin kuzatilmagan. Mana ötgan sutkada iste'mol böyiça biz tarixiy maksimumga çiqdik – 213 mln kilovatt/soat. Bu 17 foiz ösiş deganidir», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Şuningdek, vazir «Lukoyl»dan qarz masalasiga ham oydinlik kiritdi.

«Öz vaqtida Özbekistonning «Lukoyl»dan qarzdorligi töğrisida notöğri ma'lumot tarqalib ketgan. Bu qarzdorlik «Özbekneftgaz» qarzdorligi, ya'ni ikki xöjalik sub'yekti örtasidagi munosabat. «Özbekneftgaz» uçga bölingandan keyin «Transgaz» zimmasiga oldi, barça tölovlar jadval böyiça ketyapti. Ya'ni «Özbekiston «Lukoyl»dan qarzdor» degan gaplar töğri emas», dedi Alişer Sultonov «Özbekistonda kuzatilayotgan energetika taqçilligi, uning oldini oliş böyiça körilayotgan tezkor çoralar» mavzusidagi matbuot anjumanida.