Germaniyaning BioNTech farmatsevtika kompaniyasi va uning AQŞdagi hamkori Pfizer koronavirusga qarşi özlari işlab çiqqan vaksinani röyxatga oliş uçun Yevropa dori vositalari agentligiga (EMA) ariza berdi. BioNTech saytida aytilişiça, agentlik arizani körib çiqişni boşlagan. Agarda EMA BNT162b2 vaksinasi qabul qilinganida xatarli bölişi mumkinligi aniqlansa, u bozorga çeklangan tartibda çiqariladi.
Çeklangan tartib undan foydalanişga vaqtinçalik ruxsat berilişini anglatadi. Mabodo EMA BioNTech va Pfizer arizasini qanoatlantirsa, u holda Yevropada vaksinatsiya 2020 yil yakunlanguniga qadar boşlanişi mumkin.
Tadqiqotlar natijalariga köra, BNT162b2 vaksinasining samaradorligi 95 foizga, yoşi 65dan yuqori insonlar uçun 94 foizdan ortiqroqni taşkil etadi. Sinovlarda iştirok etganlarda hozirça uning nojöya ta'sirlari qayd etilmagan.
20 noyabrda BioNTech va Pfizer öz vaksinalarini AQŞda röyxatdan ötkaziş uçun ariza bergandi. Öz navbatida Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi ham koronavirusga qarşi mRNA-1273 vaksinasini röyxatdan ötkaziş uçun ariza berganligini ma'lum qildi.
Koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqişda AstraZeneca, Sanofi, Sinovac va Johnson & Johnson kompaniyalari ham muvaffaqiyatga erişganligi ma'lum qilingan. Xitoy va Rossiyada esa mahalliy laboratoriyalarda işlab çiqilgan vaksinalar bilan emlaş boşlangan, ammo ularning samaradorligi borasida mustaqil tekşiruvlar natijalari e'lon qilinmagan.













